TASHKILOTCHI

18 Yoshga to'lmagan shaxslarning lotereyada qatnashishi TAQIQLANADI!


Kompaniya haqida

 

 

Xalq Banki tarixidan ma’lumot
 
Davlat-tijorat Xalq Banki respublikadagi eng yirik va universal banklardan bo’lib, o’zining boy urf-odatlari, hamda uzoq tarixiga ega. Xalq bankining dastlabki bank muassasasi XIX asrning 70 yillarida Toshkent shahrida tashkil qilingan edi.
Birinchi jamg’arma kassa ham shu 1875 yilda ochilgan. 1896 yilda esa bu kabi jamg’arma kassalar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Marg’ilon va boshqa o’sha vaqtdagi Turkistonning, hozirda esa O’zbekistonning yirik shaharlarida o’z faoliyatini olib borar edi.
Turkistonda jamg’arma kassalar faoliyati 1924 yil 20 martda SSSR Xalq moliya komissarining Turkiston SSR vakili tomonidan qa’bul qilingan «Turkistonda jamg’arma kassalar tashkil qilish” haqidagi qaroridan so’ng tashkil qilingan. Bu jamg’arma kassalar asosan xalq mablag’ini omonatlarga jalb qilish, hamda ular orasida akkredetiv va davlat qimmatbaho qog’ozlarini tarqatish bilan shug’ullanar edi.
Vaqt o’tishi bilan jamg’arma kassalar tarmog’i kengayib bordi, shu bilan birga xalqqa ko’rsatilayotgan hizmatlar turi ham ko’payib bordi. Ma’lum vaqt mobaynida ular tomonidan xalq hamda kollektiv xo’jaliklarga kredit berila boshlandi.
1988 yil SSSR Davlat Mehnat Jamg’arma kassalari SSSR jamg’arma bankiga aylantirildi, shu jumladan UzSSR Davlat Mehnat Jamg’arma kassasi O’zbekiston jamg’arma bankiga aylantirildi.
Har xil voqealar va islohotlarga boy tarixiy davr mobaynida jamg’arma kassalar eng qiyin klientura – xalq bilan ishlashda davom etar edi.
O’zbekiston respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganidan so’ng 1995 yil 4 oktabrt O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan “Uzjamg’armabankni O’zbekiston Respublikasi Xalq Bankiga aylantirish” haqidagi qaroriga binoan O’zbekiston Respublikasi Jamg’arma banki Davlat – kommersiya Xalq Bankiga aylantirildi. Juda murakkab vaqt mobaynida faoliyat ko’rsatgan bu bank o’z potensialini barqaror ushlash, bank xizmatlari bozorida o’z o’rni va rolini saqlab qolish yo’lida ko’p kuch sarfladi. O’z faoliyati davomida bank xalq ishonchini qozonishga yo’naltirilgan universal tizimga katta e’tiborini qaratdi.
O’zbekiston Respiblikasi Hukumatining 1999 yil 22 aprelda qa’bul qilingan №189 “Davlat-kommersiya bankini kapitalizasiyalashtirish choralari” haqidagi qarori asosida ustav kapitali 3.0 mlrd so’m deb belgilandi va uning manbai deb quyidagilar ko’rsatildi”:
O’zbekiston respublikasi moliya Vazirligi (51 %) – 1,53 mlrd. so’m;
O’zbekiston respublikasi Markaziy banki (49 %) – 1,47 mlrd. so’m)
O’zbekiston Respiblikasi Hukumatining 2000 yil 12 aprelda qa’bul qilingan №474 “Davlat-kommersiya bankini kapitalizasiyalashtirish choralari” haqidagi qarori asosida ustav kapitali 10.0 mlrd so’mgacha ko’tarildi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respiblikasi Hukumatining 2008 yil 11 yanvarda qa’bul qilingan №ПП-775 “Davlat-kommersiya bankini kapitalizasiyalashtirish choralari” haqidagi qarori asosida ustav kapitali 100 mlrd so’mga yetkazilgan edi. 2009 yil 1 yanvar sanasi bo’yicha ustav kapitali 100 mlrd so’mni tashkil qilar edi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan 2004 yil 21 dekabr kuni qa’bul qilingan “Fuqarolarni to’planma nafaqa bilan ta’minlash” to’g’risidagi №595 qarori asosida Xalq Banki xalqni ijtimoiy himoyalash choralarini amalga oshirish bo’yicha asosiy agent qilib tayinlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 16 oktabr kuni qa’bul qilingan “O’zbekiston respublikasi Davlar – kommersiya Xalq Bankining kapitalizatsiyasini kuchaytirish, hamda uning investitsion aktivligini oshirish” haqidagi qaroriga asosan 2009-2012 yillar davomida qo’shimcha aksiyalar o’tkazish chorasi bilan bankning ustav kapitali 200 mlrdga yetkazilishi maqsad qilib qo’yilgan.  
2002 yildan boshlab O’zbekiston Resoubliksai Xalq Banki Dunyo Jamg’arma Banklar Instituti a’zosidir(DJBI).
Xalq Bank Dunyo jamg’arma banklari institutining teng huquqli a’zosi sifatida 1999 yildan beri Germaniya jamg’arma kassalari fondi bilan hamkorlik qiladi.
Bu hamkorlikning asosiy maqsadi Xalq Banki faoliyatini rivojlantirish, respublikada o’rta va kichik biznesni rivojlantirish, bank xodimlarining malakasini oshirish edi.
Bank tomonidan “JP Morgan”(AQSH), “KommersBnak”, “BerlinerBank”, “DrezdnerBank” (Germaniya), “Azia Invest Bank” (RF), “Russlavbank” (RF) kabi obro’li dunyo bank tashkilotlari bilan muhbirlik munosabatlari yo’lga qo’yildi. Bank “SWIFT” to’lov tizimi a’zosidir. Bank tashkilotlarida «WESTERN UNION», «Тravelax», «Contaсt» va «Unistream» kabi halqaro pul o’tkazmalari amalga oshiriladi.
2007 yil dekabr oyida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan O’zR Davlat-kommersiya Xalq bankiga milliy kredit reytingi “uzB++” berilgan edi. Reytinglar bo’yicha prognoz – “barqaror”. 2009 yil iyulda «Ahbor-Reyting» reyting agentligi O’zR davlat-kommersiya Xalq Bankining milliy kredit reytingini “uzA” darajasigacha ko’tardi. Bank kredit reytingi ko’tarilishining sababi deb kapitalizatsiyani yuqorilash, davlat yordami bilan sektorda o’z pozitsiyasini mahkamlab olgani, hamda bank moliyaviy natijalarining yaxshilanganini bilsa bo’ladi.
2009 yil 7 avgust Standard & Poor’s  reyting agentligi O’zbekiston respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan Xalq bankiga uzoq muddatli hamda qisqa muddatli “B” pog’onadagi kredit reytingini berdi. Reytinglar bo’yicha prognoz – “barqaror”.
Bugungi kunda Xalq banki O’zbekiston banklari tizimining muhim qismi hisoblanadi. Uning 14 territorial, 185 rayon (shahar) filiallari, 242 mini banklari va 2.6 mingdan ortiq bo’limlari va mahsus kassalari tomonidan iqtisodning real sektor subektlariga – respublika xalqi va kichik biznes egalariga har xil bank xizmatlari ko’rsatilmoqda.
Bankning asosiy strategik maqsadi va vazifalari – mijozlarga hizmat ko’rsatish darajasini yuqorilash, respublikaning yirik raqobatbardosh bankiga aylanish, investitsion ko’rkamligini ta’minlash, texnologik va boshqaruv jarayonlarini zamonaviylashtirish yo’li bilan davlat moliya xizmatlari bozorida yetakchi o’rinni egallash.
 

 



(99871) 120-17-24

(99871) 120-17-25

(99871) 233-78-97

№329 tiraj

29 yanvarda
09:45

"Yoshlar" telekanalida

JACKPOT 85 876 140 so`m

Keyingi o'yin

№330


dan tiraj

JACKPOT 86 106 300 so`m

Info xizmati

(998 71) 200 05 55