Организатор

Лицам, не достигшим совершеннолетия, участвовать в игре ЗАПРЕЩЕНО!


5 из 36

 

“Omad Lotto” 36 dan 5 lotereyasi bugungi kunda O’zbekistonda o’tkazilayotgan yangi sonli tiraj lotereyasi hisoblanadi.
Lotereya turi – lotto tipidagi doimiy amaldagi sonli lotereya.
Lotto tipidagi sonli lotereyaning mazmuni har safar ma’lum sonlar qatoridan o’ynaladigan ma’lum sonlarni topishdan iborat. O’ynaladigan sonlar miqdori 5 donani tashkil qiladi. O’yinda qatnashuvchi sonlarning to’liq qatori 36 donani tashkil qiladi.
Bitta o’yinning narxi kuponda tanlangan sonlarning miqdoriga, ya’ni ro’yhatdan o’tkazilgan kombinatsiyalar miqdoriga qarab belgilanadi. Bitta kombinatsiyaning narxi 2000 so’mni tashkil qiladi.
 
Belgilangan raqamlar soni
Kombinatsiyalar
soni
Sotuvning so’mda belgilangan narhi
5 – ta raqamni
topish ehtimoli
(Jackpot)
5
1
2000
1 : 376992
6
6
12 000
1 : 62832
7
21
42 000
1 : 17952
8
56
112 000
1 : 6732
9
126
252 000
1 : 2992
10
252
504 000
1 : 1496

Yutuqlar ro’yhati.

Pullik yutuqlar topilgan sonlar miqdoriga qarab bir necha toifaga bo’linadi. I toifa yutug’i - 5 dona topilgan sonlar, II toifa - 4 dona topilgan sonlar, III toifa - 3 topilgan sonlar.

Joriy tirajda I toifa yutug’i chiqmagan holatda keyingi o’yin yutuq fondining hajmi avvalgi o’yinlarda tarqatilgan chiptalardan to’plangan I toifa yutuq fondi mablag’idan tashkil topadi va shu summa e’lon qilinadi.

Agar navbatdagi o’yinda bir yoki undan ortiq toifa (I dan tashqari) yutuqlari ishtirok etuvchi kombinatsiyalar tomonidan yutib olinmasa, bu toifaning pulli yutug’i keying o’yinning shu toifadagi yutuq summasiga qo’shiladi. (Jek-Pot tizimi).

Toifa
Yutuq fondidan foiz
Topilgan sonlar miqdori
I
42 %
5 dona sonni topgan barcha kombinatsiyalar uchun
II
25 %
4 dona sonni topgan barcha kombinatsiyalar uchun
III
33%
3 dona sonni topgan barcha kombinatsiyalar uchun
Tizim bo’yicha o’ynaganda (1 dona kombinatsiyada 5 tadan ortiq son tanlagan bo’lsangiz) Sizning yutish ehtimolingiz oshib boradi, yutuq summasi esa quyi kategoriyalar hisobiga ortib boradi. Kutilayotgan yutuq hisobini jadvaldan quyidagi ko’rishingiz mumkin.
36 dan 5 o’yinida bitta kombinatsiyada tanlangan raqamlar soniga (tizimli kombinatsiya) nisbatan yutuq summasini hisoblash jadvali.

 

 

Bitta kombina-tsiyada tanlangan raqamlar soni
Kombinatsiya
-lar soni
5 ta raqam to’g’ri topilgan bo’lsa, kategoriyalar bo’yicha yutuqlar soni
4 ta raqam to’g’ri topilgan bo’lsa, kategoriyalar bo’yicha yutuqlar soni
3 ta raqam to’g’ri topilgan bo’lsa, kategoriyalar bo’yicha yutuqlar soni
I
II
III
II
III
III
5 ta topilgan raqam uchun
4 ta topilgan raqam uchun
3 ta topilgan raqam uchun
4 ta topilgan raqam uchun
3ta topilgan raqam uchun

3ta topilgan

raqam uchun

5
1
1
0
0
1
0
1
6
6
1
5
0
2
4
3
7
21
1
10
10
3
12
6
8
56
1
15
30
4
24
10
9
126
1
20
60
5
40
15
10
252
1
25
100
6
60
21

Texnik sabablarga ko’ra ro’yhatdan o’tkazilgan o’yin chiptasi yaroqsiz holatda bosmadan chiqarilgan bo’lsa, uni bekor qilish imkoniyati mavjud.

O’yin chiptasini bekor qilish jarayoni faqat yaroqsiz o’yin chiptalariga nisbatan qo’llaniladi.

O’yin chiptasini bekor qilish jarayoni quyidagilardan iborat: Operator ro’yhatdan o’tkazilgan chiptani ekspertiza uchun yaroqli holatda bera olmaslik vaziyati tug’ilsa, quyidagilarni amalga oshirish lozim.

1. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisini ro’yhatdan o’tkazilayotgan o’yin chiptasi ekspertiza uchun yaroqsiz holatda bosmadan chiqarilganligi haqida ma’lum qiladi.

2. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori chiptalarni amalga oshirish tizimidagi maxsus maydonga bekor qilinayotgan o’yin chiptasi tartib raqamini kiritadi.

3. Markaziy tizim lotereya ishtirokchisi telefoniga himoya SMSini yuboradi.

4. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisidan himoya SMSini talab qiladi (endi lotereya ishtirokchisi uning o’yin chiptasi bekor qilinayotganligi haqida biladi).

5. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisiga bekor qilinayotgan o’yin chiptasining narxini to’liq qaytarib beradi.

6. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali agenti qa’bul qilingan himoya kodini o’yin chiptasini bekor qilish formasiga kiritadi. O’yin chiptasi bekor qilindi.

36 dan 5 lotereya o’yini har hafta yakshanba kunlari o’tkaziladi.

O’yin televizion studiyada komissiya ishtirokida o’tkaziladi. Komissiya tarkibi 3 kishidan kam bo’lmasligi kerak.

Komissiya rais va komissiya a’zolaridan tarkib topadi. Komissiyada davlar organlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishi mumkim. Litsenziyalovchi organ o’yin o’tkazilishini nazorat qilish maqsadida o’yinda ishtirok etish xuquqiga ega.

O’yinlar televideniyada jonli efir orqali uzatiladi.

O’yinning mohiyati lottotron yordamida raqamlangan koptokchalarni dumalatish orqali 5 dona yutuqli sonni aniqlashdan iborat.

Shunda, 5 dona raqamlangan koptokchalardagi raqamlarning hammasini to’g’ri topgan kombinatsiyalar I toifaga, 5 dona raqamlangan koptokchalardagi raqamlarning 4 donasini to’g’ri topgan kombinatsiyalar II toifaga, 5 dona raqamlangan koptokchalardagi raqamlarning 3 donasini to’g’ri topgan kombinatsiyalar III toifaga kiritiladi.

 

 



(99871) 120-17-24

(99871) 120-17-25

(99871) 233-78-97

Тираж №329

29 января
09:45

на телеканале "Ёшлар"

JACKPOT 85 876 140 сум

На следующий

тираж №330


JACKPOT 86 131 080 сум

Информационная поддержка

(998 71) 200 05 55